Alisher Odilov: "Venesuelaga qarshi o'yinda bugungi xatolar takrorlanmaydi"
27.03.2026 22:56 Ўқилди: 384
- Avvalambor barchani g'alaba bilan tabriklaymanyu O'yin kutganimizdek qiyin bo'ldi. Jismoniy jihatdan qiyin o'tdi. Shukurki, maydondan yuzimiz yorug' bo'lib chiqdi. Keyingi o'yinlarda yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Mart oyi Siz uchun zo'r o'tmoqda. Gollar urdingiz, sovrin yutdingiz. Mana termada ham raqib darvozasini ishg'ol qildingiz. - Hammasi Allohning izmi bilan bo'ladi. Bu boshqada ham bo'lishi mumkin edi, lekin menga nasib qilgan ekan. Hudo xohlasa, shu tempda davom etishga harakat qilamiz.
- Gol nishonlashingiz haqida gapirib bersangiz. - Buni ko'pchilik noto'g'ri tushundi. Aslida bu UFC jangchisi Iliya Topuriyaga tegishli edi. O'sha jangchi menga yoqqani uchun uning harakatlarini takrorlashga harakat qilaman.
- Birinchi bo'lim juda og'ir boshlandi. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? - Raqiblar bir-biriga moslashishi qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa birinchisiga nisbatan biroz osonlashdi. Keyingi o'yin Venesuelaga qarshi. O'sha o'yinda bugungi xatolar takrorlanmaydi, xudo xohlasa.