
- Yaxshi o'yin o'tkazmadik. Xursand bo'ladigan tomonimiz - g'alaba qozonganimiz. Balki raqibga bo'lgan kayfiyatga ham bog'liqdir. Keyingi o'yinga munosib tayyorlanib, yaxshi ishtirok etishga tayyorlanamiz. Ancha vaqt o'tib, terma yig'ildi. Baribir raqib jamoaning darajasi ozroq bo'lsa-da, tasir qiladi.
- Gabon terma jamoasi aynan qaysi jihatlar bobida yaxshiroq o'yin ko'rsatdi, deb hisoblaysiz?
- Afrika termalarining jismoniy holati yaxshi bo'ladi va ko'proq nostandart o'ynaydi. Shu sababli biroz qiyin bo'ldi. Yana bir bor aytaman, unchalik yaxshi o'yin o'tkaza olmadik. Yomon narsalardan ham yaxshi jihatlarni qidirsangiz, o'sha ham g'alaba bo'ladi.
- Bugungi o'yinda jamoaga aynan qanday jihatlar etishmadi?
- Jamoaga nimadir etishmadi deya olmayman. Har bir futbolchining jamoada o'rni bor. Jarohatdagi futbolchilar ko'p. Erondagi holat sababli bir qancha futbolchilar o'yin amaliyotisiz qoldi. Bular ham baribir o'z tasirini o'tkazadi. Mashg'ulotlarda bu ham o'ylanyapti. Asta-asta yaxshilanamiz.
- O'yinning 17-18-daqiqasida Fabio Kannavaro o'z oldiga chaqirib, ko'rsatma berdi. U o'shanda nimalar dedi?
- U mashg'ulotlarda qilingan ishlar o'xshamayotganini aytdi. Oston O'runov noto'g'ri pressingga chiqayotganini tushuntirdi. Hamma birgalikda pressingga chiqa olmayapti. Ikki futbolchi pressingga chiqsa, ularning ortidagi futbolchini olishim kerakligini aytdi. O'yindan oldin murabbiylar ishlagan ishlanmalarni biz qila olmadik: pressingda ham pressingdan chiqishda ham. O'sha jihatlar bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Birinchi taym juda ham yomon o'ynadik. Ikkinchi taymda yaxshilashga harakat qildik. Navbatdagi o'yinni yaxshiroq o'tkazishga harakat qilamiz.

![]() | 18.03.2026 01:56 Ўқилди 21719 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 21:40 Ўқилди 16940 APL. "Tottenxem" "Nottingem"ga yirik hisobda engildi, "Aston Villa" g'alaba qozondi |
![]() | 22.03.2026 22:00 Ўқилди 12249 "Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti |
![]() | 22.03.2026 22:32 Ўқилди 11285 "Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija elon qildi |
![]() | 18.03.2026 01:24 Ўқилди 8502 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 27.03.2026 19:56 Ўқилди 7937 Chempionlar Ligasi-2026 finali vaqti e'lon qilindi |
![]() | 18.03.2026 22:56 Ўқилди 7788 ECHL. "Barselona" - "Nyukasl" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 27.03.2026 19:00 Ўқилди 7055 FIFA Series. Venesuela Trinidad va Tobago ustidan yirik g‘alabaga erishdi |
![]() | 22.03.2026 23:00 Ўқилди 6825 Tudor APLdagi sharmandagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga kirmadi |
![]() | 22.03.2026 21:32 Ўқилди 6467 Angliya Liga kubogi. "Arsenal" – "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида