Messi Argentina terma jamoasining zaxirasida qoladi
27.03.2026 22:22 Ўқилди: 57
Argentina terma jamoasi jumadan shanbaga o‘tar kechasi Mavritaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Taniqli jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «albiseleste» yulduzi Lionel Messi asosiy tarkibdan joy olmaydi.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Messini o‘yin boshidan emas, balki uchrashuv davomida maydonga tushirishga qaror qilgan.
Argentina va Mavritaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 28 mart kuni soat 04:15 da boshlanadi.