"Atletiko" Alvaresga jamoadan ketib qolmasligi uchun katta maosh to'lashga tayyor
26.03.2026 22:00 Ўқилди: 535
"Marca" malumotiga ko'ra, unga "Barselona" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.
"Matraschilar" argentinalik futbolchisini jamoadagi eng katta maosh oluvchiga aylantirishga tayyor. Hozirda jamoada eng ko'p maosh oluvchi futbolchi Yan Oblak hisoblanadi. Uning yillik maoshi 20 million evroni tashkil qiladi.
"Atletiko" Alvares bilan shartnomani yana 2-3 yilga uzaytirishni istamoqda. Hozir u yiliga 10 million evro maosh ishlab topmoqda.
Ushbu mavsumda argentinalik forvard barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 17 gol va 9 assist qayd etdi.
Futbolchi bilan klub o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2030 yilgacha davom etadi.