Ibrohim Ibragimov: "Kannavaro jismoniy holatingni yaxshilashing kerak, dedi"
25.03.2026 22:00 Ўқилди: 472
"Yig'in yaxshi kayfiyatda boshlandi. Muhit alo darajada. Dastlabki uchrashuvga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Birinchi raqibni nazariy jihatdan o'rganishni boshlab yubordik", - deya fikr bildirdi Ibrohim Ibragimov.
- Fabio Kannavaro terma jamoaga ko'plab yangi nomlarni jalb etmoqda. Ketma-ket ikki yig'indan buyon terma jamoadagi chaqiruv olyapsiz. Bosh murabbiy bilan o'zaro gaplashdingizmi? Kannavaro nimalar dedi?
- Dastlabki yig'inda gaplashdik. Ko'proq harakat qil. Yanada yaxshiroq o'yin namoyish etishing kerak. Jismoniy jihatingni yanada yaxshilashing kerak dedi.
- Kannavaro uslubining qaysi jihatlari yaqqol ko'zga tashlandi deya ayta olasiz?
- Daraja yuqori. Mundialda o'ynagan murabbiy keldi. Mashg'ulotlarda temp yuqori. Oldin terma jamoada bo'lmaganman.
- FIFA Series musobaqasi JCHga tayyorgarlik yo'lida qanchalik foyda berishi mumkin?
- Yaxshi tasir o'tkazadi deb o'ylayman. Qaerda kamchiligimiz borligini bilib olamiz.