
"Kayfiyat yaxshi. Terma jamoaga yig'ilganda eski do'stlar bilan ko'rishamiz. Shu sabab kayfiyat ko'tariladi", - dedi Rustam Ashurmatov bugungi mashg'ulotlarda.
- Trinidad Tobago, Gabon va Venesuela kabi terma jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Raqiblarning nomi sizlarga biroz engillik berdimi?
- Yo'q. Biz Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Shu sababli raqib kim bo'lishidan qati nazar o'zimizning o'yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz. Raqibdan kuchliroqmiz yoki kuchsizmiz demay, maydonga chiqib o'z o'yinimizni ko'rsatamiz.
- Eron chempionati to'xtab qolgan. Legionerlar bir tomonlama shartnomani bekor qilish bo'yicha yangiliklar bormi?
- Katta ehtimol bilan shartnoma bir tomonlama bekor qilinmaydi. Yaqin orada Eron chempionati davom etadi, degan gap-so'zlar bor. Mahalliy liga davom ettirilmaydigan holatda ham FIFAga xat jo'natib bo'lingan. Hozirgi vaqtda javobni kutyapmiz. FIFA ruxsat bersa, qaysidir jamoada ijarada o'ynashimiz mumkin.
- Deyarli to'rt haftadan buyon futbol o'ynamadingiz. Eron chempionatining to'xtatilgani sport formangizga qanchalik tasir o'tkazdi?
- Istaymizmi yo'qmi baribir tasir o'tkazadi. Futbolchiga o'nta mashg'ulotdan ko'ra bitta o'yinda ishtirok etgani afzal. Biz professional sifatida maksimal tarzda mashg'ulotlar va terma jamoa o'yinlari orqali sport formamizni imkon qadar saqlab turishi kerak.
- Qaysi raqibga qarshi o'yin qiyinroq bo'lishini kutyapsiz?
- Bu jamoalar bilan o'ynab ko'rmaganmiz. Shu sababli bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.
- Husniddin Aliqulov og'ir jarohat oldi. Afsuski, u mundialni o'tkazib yuboradi. Aliqulovning yo'qligi qanchalik jiddiy yo'qotish?
- Juda katta yo'qotish. Aliqulov himoyamizning etakchisi edi. Unga sog'liq tilab, imkon qadar tezroq safga qaytishiga tilakdoshman.

![]() | 18.03.2026 01:56 Ўқилди 21674 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 21:40 Ўқилди 16868 APL. "Tottenxem" "Nottingem"ga yirik hisobda engildi, "Aston Villa" g'alaba qozondi |
![]() | 18.03.2026 00:56 Ўқилди 15025 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 22:00 Ўқилди 12192 "Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti |
![]() | 22.03.2026 22:32 Ўқилди 11264 "Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija elon qildi |
![]() | 18.03.2026 01:24 Ўқилди 8487 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 22:56 Ўқилди 7752 ECHL. "Barselona" - "Nyukasl" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 23:00 Ўқилди 6807 Tudor APLdagi sharmandagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga kirmadi |
![]() | 18.03.2026 00:24 Ўқилди 6631 "Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda" |
![]() | 22.03.2026 21:32 Ўқилди 6443 Angliya Liga kubogi. "Arsenal" – "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида