Levandovski "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi
24.03.2026 08:32 Ўқилди: 327
"Mening shartnomam masalasida hech narsa o'zgarmadi. Men o'zimning kelajagimi va mumkin bo'lgan variantlar haqida yaxshilab o'ylab ko'rish uchun vaqt ajrataman", — deydi Levandovski.
37 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va uchta golli pas berdi. Robert 2022 yildan beri "Barselona"da to'p tepmoqda. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil qiladi.