"Bu qizil emas!" - Mashhur hakam Valverdening chetlatilishiga qarshi chiqdi
23.03.2026 22:40 Ўқилди: 866
"Real" va "Atletiko" o'rtasidagi bahsning 77-daqiqasida urugvaylik futbolchi Aleks Baenaning oyog'iga orqadan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. Iturraldening fikricha, bu vaziyatda hakam Xose Munuera Montero xatoga yo'l qo'ygan.
"Qizil kartochka haddan tashqari kuch ishlatilgani uchun beriladi. Agar siz kuch meyordan ortiq deb hisoblasangiz, to'p o'yindami yoki yo'qmi — bu qizil. Lekin men uchun bu shunchaki futboldagi oddiy holat. Mening fikrimcha, bu vaziyatda qizil emas, balki aniq sariq kartochka berilishi kerak edi", — deydi ekspert.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaziyatda VAR hakamni monitor yoniga chaqirmagan va qarorni o'z kuchida qoldirgan edi.