
"Men munosib bo'lmaganlarni terma jamoaga chaqirmayman. Ichki raqobatgina bizning darajamizni oshiradi.
Hammamiz – shu erda yig'ilganlar va butun mamlakat 2026 yilga katta umidlar bilan qarayapmiz.
Venesuela boshqaruviga kelganimda aytganimdek, murabbiylar shtabining umidi yuqori va o'zining ilk Jahon chempionatida ishtirok etishni xohlayotgan mamlakat darajasiga mos bo'lishga harakat qilamiz.
To'g'risi, ko'p ishlashimiz kerak, xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Lekin mening va butun murabbiylar shtabining futbolchilar, rahbariyat, mamlakat va venesuelalik muxlislar oldidagi masuliyati yuz foiz, eng yuqori darajada. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilib, xalqqa quvonch ulashishga intilamiz", – dedi Viskarrondo.

Etiborga molik yangiliklardan biri – terma jamoa sardori va tarixidagi eng yaxshi to'purari Salomon Rondonning tarkibga kiritilishi bo'ldi.
Faxriy o'yinchilar borasidagi odatiy bahs-munozaralarga qaramay, Viskarrondo hujumchining klublaridagi so'nggi o'yinlarini yaqindan kuzatganini va u ayni paytda jismoniy tomondan ajoyib holatda ekanligini ishonch bilan aytdi. Murabbiy mart oyidagi yig'inda jamoani kutib turgan yangi chorlovda o'z hissasini qo'shishda davom etish istagini bildirgan Rondonning fidoyiligini yuqori baholadi.

Murabbiylar shtabi Yanxel Errera va Dani Pereyra mushak jarohatlari tufayli safdan chiqqanini, bu esa yarim himoyadagi taktik chizmani qayta ko'rib chiqishga majbur qilishini tasdiqladi. Ushbu tibbiy yo'qotishlarga Ender Echenike va Anxel Asuaxe ham qo'shildi – hujjatlar bilan bog'liq muammolar ularning o'rtoqlik o'yinlariga etib borishiga to'sqinlik qildi va natijada ular ham qaydnomadan chiqarildi.
Eslatib o'tamiz, Venesuela 27 mart kuni Trinidad va Tobago, 30 mart kuni O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq Per-Emerik Obameyang O'zbekistondagi bellashuvlar uchun rasmiy chaqiruv olgani, biroq taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi.
![]() | 18.03.2026 01:56 Ўқилди 21635 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 21:40 Ўқилди 16844 APL. "Tottenxem" "Nottingem"ga yirik hisobda engildi, "Aston Villa" g'alaba qozondi |
![]() | 18.03.2026 00:56 Ўқилди 14989 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 22:00 Ўқилди 12162 "Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti |
![]() | 22.03.2026 22:32 Ўқилди 11252 "Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija elon qildi |
![]() | 18.03.2026 01:24 Ўқилди 8466 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 22:56 Ўқилди 7722 ECHL. "Barselona" - "Nyukasl" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 23:00 Ўқилди 6789 Tudor APLdagi sharmandagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga kirmadi |
![]() | 18.03.2026 00:24 Ўқилди 6610 "Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda" |
![]() | 22.03.2026 21:32 Ўқилди 6434 Angliya Liga kubogi. "Arsenal" – "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида