
"Arsenal" – "Manchester Siti" 0:2
Gollar: 60, 64 - Niko O'Rayli
"Arsenal": 13. Kepa Arrisabalaga, 4. Ben Uayt, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 5. Pero Inkape, 36. Martin Subimendi, 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard, 7. Bukayo Saka, 14. Viktor Yokeresh, 29. Kay Xaverc.
Zaxira: 1. David Rayya, 3. Kristyan Moskera, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 16. Kristian Nyorgor, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus, 11. Gabriel Martinelli, 20. Noni Madueke.
"Manchester Siti": 1. Jeyms Trafford, 27. Mateus Nunes, 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Rayli, 6. Natan Ake, 20. Bernardu Silva, 16. Rodri, 11. Jeremi Doku, 10. Rayan Sherki, 9. Erling Holand, 42. Antuan Semeno.
Zaxira: 25. Janluiji Donnarumma, 5. Jon Stounz, 21. Rayan Ait-Nuri, 4. Teyani Reynders, 7. Omar Marmush, 8. Mateo Kovachich, 14. Niko Gonsales, 26. Savio, 47. Fil Foden.
Ogohlantirishlar: 16 - Pero Inkape, 32 - Abduqodir Husanov, 51 - Kepa Arrisabalaga
65. Bilasizmi, "Siti" shundoq ham tashabbusni qo'liga olib bo'lgandi. "Arsenal" esa birinchi goldan keyin o'zgarishlar tayyorlayotgandi. Endi nima qiladi ular?
Rodri Nuneshni oldinga boshladi, uning havolatib uzatgan to'pini Niko darvozaga joylab qo'ydi!
64. GOL! O'Raylidan dubl! Bu safar ham o'ngdan hujum, bu safar ham bosh bilan!
61. O'zi golning hidi kelib qolgandida. Buyog'iga temp yuqori bo'lishi aniq, Arteta o'z ustoziga yutqazishni istamasligi aniq!

Sherki o'ngdan havolatib to'pni uzatdi, Arrisabalaga to'pgi ushlab olmoqchi edi, biroq to'pni chiqarib yubordi, O'Rayli esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!

60. GOL! Kepa "Man Siti"ga gol "sovg'a qildi"!
59. Saliba va Gabriel zo'r o'ynayapti. Holand katta tezlikda oldinga o'tayotganda Salibani aldamoqchi bo'ldi, ammo Vilyam to'pni hujumchidan "ilib oldi".
58. Sherki yaxshi nuqtadan tepdi va yana "Arsenal" himoyachilari qaytarmoqda! Kepaga ish qolmayapti bugun...
57. Semenodan zarba yana va bu safar ham noaniq.
55. "Man Siti" hujumda, dastlab Doku havolatib to'pni Holandga uzatdi, Erlinggacha to'p kelmadi, ikkinchi tempda davom etdi, Rodri darvoza tomon zarba berdi, bu safar ham "Arsenal" himoyachilari qaytardi.
52. Semenoning jarima zarbasidan tepgan to'pi juda noaniq bo'ldi.

50. Doku o'ziga uzatilgan to'pga intilib yurish qildi, darvozadan Kepa chiqib keldi, jarima maydonchasi tashqarisida bo'lgani uchun u Jeremini tortib qoldi va jarima zarbasi belgilandi. Kepaga esa sariq!
48. Sherki himoyachilardan o'tkazib to'pni Holandga uzatdi, ammo norvegiyalik hujumchiga imkoniyat berishmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 39% - 61%
Jami zarbalar - 5 - 2
Aniq zarbalar - 3 - 0
Burchak zarbalar - 2 - 3
Uzatmalar aniqligi - 73% - 89%
Seyvlar - 0 - 3
45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45. Semeno havolatib to'pni Holandga uzatdi, Erlingning zarbasi esa noaniq bo'ldi...
43. Doku katta tezlikda oldinga yurish qildi, Saliba esa xavfni bartaraf etdi.
38. Inkapening bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
33. "Siti" himoyachilariga bugun oson bo'lmayapti, "to'pchilar" hujumchilari faol ancha.

32. Abduqodir Husanov Yokereshga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi.
26. "Man Siti" nihoyat oldinga o'tmoqda. Semeno yurish qildi, himoyachilar qaytardi.
19. O'yin "qizimoq"da, yakka kurashlar ko'p. Lekin "Arsenal"ning xavfli vaziyatidan boshqa aytarli holat ko'rmadik.
13. Trossardan zarbasi rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi. "Arsenal"da burchak zarbasi...
11. Takidlash lozim, hozircha "kanonirlar" ustunlikka ega bo'lib turibdi.
7. Zo'r vaziyat "Arsenal"da! Dastlab, Xavercning zarbasini Jeyms qaytardi, undan so'ng yana ikki zarba berildi va bular ham bartaraf etildi!
5. Yokeresh tezlikda oldinga o'tdi, o'tkir burchakdan to'pni markazroqqa uzatdi, Husanov qaytarib yubordi.
2. O'yin kurashlar bilan boshlandi. Ikki jamoa ham markazda faol.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya liga kubogi finali - "Arsenal" – "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 18.03.2026 01:56 Ўқилди 21620 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 21:40 Ўқилди 16814 APL. "Tottenxem" "Nottingem"ga yirik hisobda engildi, "Aston Villa" g'alaba qozondi |
![]() | 18.03.2026 00:56 Ўқилди 14983 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 22:00 Ўқилди 12123 "Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti |
![]() | 22.03.2026 22:32 Ўқилди 11228 "Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija elon qildi |
![]() | 18.03.2026 01:24 Ўқилди 8457 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 22:56 Ўқилди 7710 ECHL. "Barselona" - "Nyukasl" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.03.2026 23:00 Ўқилди 6765 Tudor APLdagi sharmandagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga kirmadi |
![]() | 18.03.2026 00:24 Ўқилди 6604 "Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda" |
![]() | 22.03.2026 21:32 Ўқилди 6413 Angliya Liga kubogi. "Arsenal" – "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида