"Barselona" La Ligadagi uy uchrashuvlaridagi rekord g'alabali seriyasini takrorladi. Ispaniya chempionatining 29-turida Hans-Diter Flik boshchiligidagi Kataloniya jamoasi o'z maydonida "Rayo Valekano"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, La Ligadagi uy uchrashuvlaridagi g'alabali seriyasini 15 ta o'yinga etkazdi.
Nemis mutaxassisi bu bilan Pep Gvardiola tomonidan 2010/11 yilgi mavsumda o'rnatilgan "Barselona"ning XXI asrdagi murabbiylari orasidagi rekordni takrorladi.