Yaqinda Finalissima bekor qilingani rasman e’lon qilindi. Argentina va Ispaniya terma jamoalari kubok uchun kechadigan bahsni boshqa manzilda o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erisha olmadi. Dastlab o‘yinga mezbonlik qilishi kerak bo‘lgan Qatarda esa hozirgi vaqtda xavfsizlik darajasi talabga javob bermaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, Finalissima o‘rniga Argentina terma jamoasi Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin 31 mart kuniga belgilangan. Bahs qaysi stadionda o‘tkazilishi tez orada ma’lum qilinadi.
Ma’lumki, shu yilning yozida Argentina terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etadi va o‘z unvonini himoya qiladi. Mundialga AQSH, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladi.