Muvaffaqiyatsizlikka qanday munosabatda bo'lish kerak?
Ertaga Manchesterda bo'lib o'tadigan javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Gvardiola sportdagi past-balandliklar haqida gapirdi:
"Buni muvaffaqiyatsizlik deb hisoblamaslik muhim. Sportda nimanidir yaxshi qilish, yaxshiroq bo'lishga intilish va keyingi mavsumda yana urinib ko'rish mumkin. Gap tinimsiz mehnat, o'z ishiga sodiqlik va sportni sevishda.
Dunyoda doim g'alaba qozonadigan jamoa yo'q. Bizda bu raqibga qarshi ajoyib o'yinlar bo'lgan. Sportda yutganingizdan ko'ra ko'proq yutqazasiz, bu haqda o'ylashga qancha vaqt sarflaysiz? Dunyoda bundan-da muhimroq narsalar juda ko'p".
"Real"ning statistikasini misol qildi
Pep o'z fikrini isbotlash uchun raqib jamoani misol tariqasida keltirib o'tdi:
"Real" Chempionlar Ligasida 15 marta g'alaba qozongan, ammo ular turnirda 100 marta ishtirok etishgan. Xo'sh, bu muvaffaqiyatsizlikmi? Ular ham yutganidan ko'ra ko'proq yutqazgan. Ehtimol, siz mendan buni "Barselona"dan bo'lganim uchun so'rayotgandirsiz".