Yakshanba kuni jamoa yana muxlislarini asabiylashtirdi — "Tottenxem"ga qarshi o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.
"Indykaila News"ning xabar berishicha, Stiven Jerrard hozir telefon yaqinida o'tirib, "Liverpul"dan qo'ng'iroq kutmoqda. Jerrard hammasini tashlab, mavsum oxiriga qadar "qizillar"ni boshqarishga tayyor. Mersisaydliklar sobiq sardori jamoani qiyin vaziyatdan chiqarishni istaydi.
Stiven Jerrard "Al Ittifoq"dan ketganidan beri bir yildan ortiq vaqtdan beri murabbiylik faoliyatida emas.
Hozirda "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida 5-o'rinda ketmoqda.