
Uni qaysi stadionda o'tkazish yoki umuman ushbu o'yinning o'zi bo'lish-bo'lmasligi haqida etarlicha xabarlar chiqdi.
Xususan, o'yin dastlab Madriddagi “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tishi belgilandi, lekin Argentina buni rad etdi. Keyin yana boshqacha variantlar taklif qilindi. Bo'lmadi. 
Oxir-oqibat ushbu o'yin ikki jamoa neytral maydon borasida kelisha olmagani tufayli bekor qilindi.
Bilasizmi, garchi ushbu o'yin bekor qilingan bo'lsa-da, biroq xuddi ushbu terma jamoalar safida o'ynovchi futbolchilar qarama-qarshiligidagi o'yin Madridda baribir bo'ladi: bu aprelning 5-sanasida "Vanda Metropolitano" maydonida bo'lib o'tadigan "Atletiko" – "Barselona" o'rtasidagi bahsdir.
Ushbu o'yinning Finalissimadan kam joyi yo'q, chunki jamoalar tarkibi bunga misol bo'la oladi. Jumladan, Ispaniya nomidan "Barselona" sharafini himoya qiladigan bir qator futbolchilar bor: Pedri, Gavi, Torres, Lopes, Kubarsi, Joan va Erik Garsiya, Olmo, Bernar, Kasado, Martin (jarohati bo'maganda Balde) va muhimi Yamal...
"Atletiko" nomidan esa Argentina sharafini himoya qilishi kerak bo'lgan Alvares, Simeone, Almada, Nikolas Gonsales, Nauel Molina va darvozabon Musso kabi futbolchilar bor. Qolaversa, "Atletiko" tarkibidagi ispaniyalik o'yinchi Le Norman ham shu kuni stadionda bo'ladi. Ajoyib tasodif-a?!
To'g'ri, turnir jadvalida "Atletiko"ning "Barsa"dan ancha ortda borayotganligi sababli la Liganing bor-yo'g'i navbatchi tur o'yini maqomida o'tadigan ushbu o'yin – garchi sovrin uchun kurashiladigan bir o'yinlik Finalissima darajasiga teng kelolmasa-da, Ispaniyada so'nggi paytlarda "El Klasiko"dan ko'ra ko'proq intriga bag'ishlayotgani va "Barsa"ning "Atletiko"ga qarshi so'nggi o'yinida uchralgan 0-4 hisobidagi mag'lubiyati uchun revansh olish yo'lidagi yaxshi imkoniyat ekanligi mazkur o'yinga bo'lgan etiborni anchayin oshiradi.
Alisher Razikov
![]() | 12.03.2026 01:00 Ўқилди 14630 Superliga. "Buxoro" – "Xorazm" 1:1 |
![]() | 12.03.2026 01:56 Ўқилди 14245 Aleksandr Xomyakov: "Barchasi yaxshi bo'ladi, xavotir olmang. Futbolchilarga etirozim yo'q" |
![]() | 11.03.2026 01:00 Ўқилди 8898 ECHL. "Nyukasl" - "Barselona" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 12.03.2026 01:32 Ўқилди 7718 ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 12.03.2026 03:00 Ўқилди 4593 ECHL. PSJ "Chelsi"ni yirik hisobda mag'lub etdi, "Budu Glimt" esa "Sporting" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi |
![]() | 07.03.2026 03:00 Ўқилди 4254 LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi |
![]() | 12.03.2026 01:24 Ўқилди 4179 ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 10.03.2026 22:48 Ўқилди 4058 Superliga. "Navbahor" safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi |
![]() | 15.03.2026 01:40 Ўқилди 3976 APL. "Vest Xem" - "Manchester Siti" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 11.03.2026 02:08 Ўқилди 3850 Otabek Narzullaev: "Superliga tezligiga tezroq ko'nikishimiz kerak" |
Реклама
Сайт хақида