APLning 30-tur uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.
"Biz qo'lni tushirmoqchi emasmiz, kurashni davom ettiramiz. Bu qiyin bo'lishini bilamiz, chunki tajribaga egamiz va g'alaba uchun nima kerakligini bilamiz. Albatta, farq katta, ammo biz oxirigacha kurashamiz", – dedi Rodri.
"Shaharliklar" 30 turdan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida 61 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. "Arsenal" bilan oradagi farq 9 ochko, ammo "kanonirlar"da bir o'yin ko'p.
Shuningdek, 22 mart kuni "Arsenal" va "Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi finalida to'qnash keladi, 19 aprel kuni esa 33-turda "Etixad"da uchrashadi.