
La Liga. "Barselona" — "Sevilya" 5:1
Gollar: 9, 21, 51 - Rafinya, 38 - Dani Olmo, 45+3 - Oso, 60 - Joau Kanselu
"Barselona": 13. Joan Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 2. Joau Kanselu, 42. Xavi Espart, 20. Dani Olmo, 8. Pedri (16. Fermin Lopes, 46'), 22. Mark Bernal, 28. Runi Barji, 11. Rafinya, 9. Robert Levandovski.
Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 31. Diego Kochen, 4. Ronald Arauxo, 24. Erik Garsiya, 36. Alvaro Kortes, 6. Gavi, 10. Lamin Yamal, 17. Mark Kasado, 43. Tommi Markes, 7. Ferran Torres, 14. Markus Rashford.
"Sevilya": 1. Odisseas Vlaxodimos, 5. Tangi Kuassi, 6. Nemanya Gudel, 16. Xuanlu Sanches, 12. Gabriel Suaso (11. Ruben Vargas, 46'), 2. Xose Anxel Karmona (21. Chidera Ejuke, 46'), 36. Oso, 18. Lyusen Agume, 20. Jibril Sou, 9. Akor Adams (17. Nil Mope, 46'), 10. Aleksis Sanches.
Zaxira: 13. Eryan Nyuland, 32. Andres Kastrin, 22. Federiko Gattoni, 3. Sesar Aspilikueta, 19. Batista Mendi, 8. Joan Jordan, 28. Manuel Bueno, 24. Adnan Yanuzay, 7. Isaak Romero.
Ogohlantirishlar: 37 - Gabriel Suaso
67.Ejukening kuchli zarbasini Garsiya qaytardi!
66. "Barsa" biryo'la uchta o'zgarish qildi. Asosiy o'yinchilarni "Nyukasl" bilan bo'ladigan bahsga asrab olib qo'ydi Flik.
64. Lamin Yamal zaxiradan maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Shunchaki, statistika uchunmikin?)
61. Do'stlar, buyog'iga davom etmay qo'yaversak ham bo'ladiya?)
60. GOL! Kanselu o'yin taqdirini to'liq hal qildi! Portugaliyalik futbolchi maydon markazidan oldinga yurish qildi, bitta himoyachini aldadi va darvozaga aniq zarba yo'llab, oradagi farqni to'rttaga etkazdi.
54. "Sevilya" ikkinchi bo'limga hujumchilarni "tashlagandi" zaxiradan. "Barsa" esa raqib shashtini tushirib qo'ya qoldi bo'lim boshidan.

51. GOL! Rafinyadan xet-trik! Braziyalik forvardning tepgan to'pi rekoshetga uchrab darvozaga kirib ketdi.
46. Har ikki jamoa ham bo'limni o'zgarish bilan boshladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. GOL! Oso hisobni qisqartirdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Oso darvozaga yo'lladi va gol urdi!
45+2. Sanchesning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Leva o'ziga havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.
42. "Barselona" to'liq to'p nazoratini egallagan, "Sevilya" maydonda yo'qdek, go'yo.
39. Xo'sh, masala halmi endi?

38. GOL! Olmo hisobni uchtaga oshirdi! O'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi va bu aniq bo'ldi!
35. Martin jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, ammo kuchsiz chiqdi.
31. "Sevilya"da ishtiyoq yuqori emasdek ko'rinmoqda, aytarli hujumlar ko'rmayapmiz.
25. Levandovskining zarbasi noaniq bo'ldi.
22. Umuman olganda ikkila vaziyatda ham penalti bor edi, endi mehmonlarning reakciyasi yanada qiziq bo'ladi.

21. GOL! Rafinya ikkinchi marta penaltidan gol urdi!
19. Penalti, 19 daqiqada ikkinchi bor!
18. Qiziq holat, "Sevilya" jarima maydonchasi ichida futbolchining qo'liga to'p tegdi. Bosh hakam VAR bilan gaplashmoqda. Yana bir penalti bo'lishi mumkin.
17. Olmoning uzoqdan tepgan to'pini Odisseas qaytarib yubordi!
14. Chapdan uzatilgan to'pni Oso darvozaga yo'lladi, Garsiya ushlab oldi.
10. Tezkor gol urib oldi "Barselona", buyog'iga mehmonlar nima qiladi, kuzatamiz.

9. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Braziliyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi!
8. "Barsa"dan dastlabki hujum, Rafinya to'pni Kanseluga uzatdi, u oldinga o'tayotgan raqib yiqitdi. Penalti!
3. "Sevilya" faol boshladi, jarima zarbasi ishlab, uni amalga ham oshirdi, biroq xavfli bo'lmadi.
1. O'yin boshlandi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Barchangizni La Liga 28-tur doirasidagi "Barselona" — "Sevilya" uchrashuvining matnli translyaciyani kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 12.03.2026 01:00 Ўқилди 14621 Superliga. "Buxoro" – "Xorazm" 1:1 |
![]() | 12.03.2026 01:56 Ўқилди 14233 Aleksandr Xomyakov: "Barchasi yaxshi bo'ladi, xavotir olmang. Futbolchilarga etirozim yo'q" |
![]() | 11.03.2026 01:00 Ўқилди 8889 ECHL. "Nyukasl" - "Barselona" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 12.03.2026 01:32 Ўқилди 7709 ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 12.03.2026 03:00 Ўқилди 4590 ECHL. PSJ "Chelsi"ni yirik hisobda mag'lub etdi, "Budu Glimt" esa "Sporting" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi |
![]() | 07.03.2026 03:00 Ўқилди 4251 LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi |
![]() | 12.03.2026 01:24 Ўқилди 4170 ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 10.03.2026 22:48 Ўқилди 4058 Superliga. "Navbahor" safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi |
![]() | 15.03.2026 01:40 Ўқилди 3967 APL. "Vest Xem" - "Manchester Siti" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 11.03.2026 02:08 Ўқилди 3847 Otabek Narzullaev: "Superliga tezligiga tezroq ko'nikishimiz kerak" |
Реклама
Сайт хақида