
Superliga. "Mashal" – "Qizilqum" 0:2
Gollar: 39 - Jambuli Jigauri, 90+1 - Shohruz Norxonov
Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 19:45
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Jahongir Noraliev
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Aleksandr Burov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Feruz G'aniev
"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov (97.Avgustin Chidi Kvem, 46'), 5.Samandar Ochilov (14.Abdul Rashid Abubakar, 67'), 7.Vlatko Stoyanovski (34.Shahboz Jo'raev, 46'), 9.Ibrohim G'anixonov (27.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 81'), 10.Humoyun Murtozaev, 13.Nuriddin Nuridinov (8.Sardor Abduraimov, 67'), 15.Muhammadali Aliqulov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev.
Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 4.Asadbek Xabibullaev, 18.Ilhomjon Abdig'aniev, 99.Rafael Viashima Ayagva.
"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 4.Ilhomjon Vahobov (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 61'), 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Islom Kenjaboev, 11.Oleksiy Shebetun (70.Shohruz Norxonov, 61'), 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G'ofurov (14.Alisher Shukurov, 86'), 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurullaev, 31.Jambuli Jigauri (9.Shahzod Turopov, 81'), 77.Diyor Raxmatilloev (44.G'iyosjon Rizaqulov, 86').
Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 17.Akmaljon Muzaffarov, 19.Ilhom Kenjaev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov.
Ogohlantirishlar: 57 - Asror G'ofurov, 62 - Nurjahon Muzaffarov, 90+3 - Abdul Rashid Abubakar
90+8. O'yin yakunlandi.
90+6. Hammasi joyida, o'yin davom etadi.
90+5. Abdul Rashid Abubakar "Qizilqum" futbolchisini tirsak bilan urdi. Bosh hakam avvaliga sariq kartochka ko'rsatgandi, endi holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. Qizil kartochka bo'lishi mumkin.
90+3. Navoiyliklar goldan ilhomlanib yana oldinga o'tmoqda.
90+1. GOL! "Qizilqum" hisobni ikkitaga oshirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Shoxruz Norxonov boshi bilan darvozaga yo'llab, gol urdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
85. "Qizilqum"dan yaxshi hujum. Darvozaga berilgan zarba himoyachilardan o'tmadi.
80. Zarba! Abubakarning zarbasi darvoza ustuniga tegdi!
79. Yaxshi zarba bo'ldi Jigauridan, darvozabon qaytardi.
78. Qiziq: "Mashal" bugungi o'yinda mezbon maqomida. Ammo o'yin Navoiyda o'tmoqda. Shu bois navoiylik muxlislar muboraklik futbolchilar hujumga o'tayotganda xushtakbozliklar qilmoqda.
72. Murtazoevning erlatib bergan zarbasi juda kuchsiz bo'ldi, to'pni darvozabon ushlab oldi.
71. "Mashal"ning juda uzoq davom etgan vaziyati yakuniy zarbasiz tugadi.
69. Islom Kenjaboev yaxshi vaziyatga chiqarib bordi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.
61. Ikki jamoa ham ikkitadan o'zgarishni amalga oshirib ulgurdi.
60. Muborakliklar bugun standart vaziyatlardan unumli foydalana olmayapti.
56. "Qizilqum" oldinga o'tishga harakat qilmoqda, ammo hozircha jamoaning hujumlari xavfli bo'lmayapti.
48. Kvem bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
41. Yana navoiyliklar oldinga o'tmoqda. Ularning vaziyatlari golga aylandi, buyog'iga muborakliklar faolroq harakat qilmasa bo'lmaydi.
39. GOL! Jigauri hisobni ochdi! Baribir "Qizilqum" maqsadiga etdi! Jambuli boshi bilan darvozani ishg'ol qildi.
38. Dahshat vaziyat "Qizilqum"dan! Mehmonlar vakillari bir necha bor darvozaga zarba berdi, avval himoyachi, keyin darvoza to'sini to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'ymaydi...

37. Navoiyliklardan xavfli vaziyat! Shebetunning darvozaga yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
35. Xo'sh, o'yin zerikarli tus olayotganda nima qilamiz? Albatta, boshqa o'yinlarga biroz nazar solamiz. Ayni vaqtda - soat 20:22da "Neftchi" Vodiy derbisida "Andijon"ni 3:0 hisobida mag'lub etmoqda. Toshkentda esa "Paxtakor" - "Navbahor" bahsi noqulay ob-havo sabab hali boshlanmadi. Hozircha kamida yarim soatga kechikishi aniq bo'lib ulgurgan.

27. Endi "Mashal" faollashdi.
25. Stoyanovski!!! O'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi...
20. Xavfli vaziyat! Kenjaboevning uzoq masofadan bergan zarbasi aniq bo'ldi, to'pni darvozabon qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni esa muborakliklar vakili maydondan tashqariga tepib yubordi.

15. Jigauridan chamasi 20 metrlardan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.
11. O'yin asosan maydon markazida o'tmoqda, har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.
8. O'tgan vaqt mobaynida aytarli xavfli hujum ko'rmadik. "Qizilqum" "o'z uyida" yaxshi harakat qilmoqda.


1. O'yin boshlandi!


- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 3-tur doirasidagi "Mashal" – "Qizilqum" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!
![]() | 04.03.2026 01:00 Ўқилди 4776 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 07.03.2026 03:00 Ўқилди 4176 LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi |
![]() | 10.03.2026 22:48 Ўқилди 3983 Superliga. "Navbahor" safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi |
![]() | 04.03.2026 01:56 Ўқилди 3962 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 09.03.2026 03:32 Ўқилди 3284 Minus 10 ochko: Xitoy chempionatida 13 ta klub jazolandi |
![]() | 08.03.2026 00:56 Ўқилди 3239 Angliya kubogi. "Nyukasl" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 10.03.2026 02:33 Ўқилди 3036 Neymarda so‘nggi imkoniyat: Karlo Anchelotti «Santos» yulduzining o‘yinini kuzatadi |
![]() | 08.03.2026 03:00 Ўқилди 2952 A Seriya. "Yuventus" "Piza" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi |
![]() | 05.03.2026 00:24 Ўқилди 2941 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 05.03.2026 03:24 Ўқилди 2743 APL. MYU bir taym o'n kishi bo'lib o'ynagan "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi |
Реклама
Сайт хақида