FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak 2026 yilgi Jahon chempionati favoritlari haqida o‘z fikrini bildirdi. U Ispaniya terma jamoasi g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri ekanini ta’kidladi.
«Ispaniya — boshqa jamoalar qatorida, albatta, asosiy favoritlardan biri. Biz Ispaniyaning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz. Reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan jamoa Jahon chempionati favoriti bo‘lishi shart», — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar uchta mamlakatda: AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirning final bosqichi qur’a natijalariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi «N» guruhidan joy oldi va u yerda Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni hamda Urugvay bilan kuch sinashadi.