Tabiiyki, barchaning diqqat-markazida "Paxtakor" - "Navbahor", "Neftchi" - "Andijon" o'yinlari turibdi. Biz bu bellashuvlar oldidan "Neftchi", "Surxon", "Qo'qon-1912" sobiq murabbiyi Bahrom Haydarovga yuzlandik.
Match-senterda ochish
— "Paxtakor" sekin-asta o'yinlar orqali formaga kirib boryapti. "Navbahor"da o'tgan safargi mag'lubiyatdan so'ng ijobiy o'zgarish ko'rishimiz mumkin, chunki oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan. "Paxtakor"ning hozirgi tarkibidan kelib chiqsak, 60/40 mezbonlarning g'alabasin taxmin qilaman.
— Farg'onadagi o'yin o'z nomi bilan derbi, bunda kutilmagan natijalar yuz berishi ehtimoli bo'ladi. Ammo "Neftchi" tarkibidagi ijrochilarni, jamoa ko'rsatayotgan o'yinini hisobga olish kerak. Haqiqatdan ham o'yini ancha o'zgardi. O'ylaymanki, "Neftchi" ishonchli g'alabaga erishadi, 70/30.