"Yuventus" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi
13.02.2026 23:16 Ўқилди: 719
Turin grandi Bernardu Silvani nishonga olgan. Portugaliyalik yozda erkin agentga aylanishi mumkin - uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi iyun oxirigacha mo'ljallangan.
Portugaliyalik yarim himoyachi "Manchester Siti" safida 2017/2018 yilgi mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida Bernardu Silvaning kelajagi haqida malumotga ega emasligini aytdi. Bernardu Silva yozda 32 yoshni qarshilaydi.