
"Manchester Siti" o'z uyida "Nyukasl Yunayted"ni qabul qilib, ishonchli g'alabaga erishdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
"Etixad"dagi gollar shousi:
O'yinni shiddatli boshlagan "shaharliklar" 7-daqiqadayoq Omar Marmushning goli evaziga oldinga chiqib olishdi.
29-daqiqada Marmush dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay, 33-daqiqada Teyani Reynders hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
Mehmonlar safida Entoni Elanga 62-daqiqada bitta javob to'pini kiritdi — 3:1.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra (birinchi bahs 2:0), Gvardiola shogirdlari 5:1 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l olishdi.
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi va unda to'liq ishtirok etdi.
Oldinda bizni London-Manchester derbisi kutmoqda! Endi finalda "Manchester Siti"ga Londonning "Arsenal" jamoasi raqiblik qiladi. "To'pchilar" yarim finalda "Chelsi" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tishgan edi (umumiy hisob — 4:2).
"Manchester Siti" — "Nyukasl" (Birinchi o'yin — 2:0)
"Manchester Siti": 1. Trafford (D), 21. Rayan Ait-Nuri, 6. Natan Ake (S), 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Reyli, 4. Tijani Reynders, 27. Mateus Nunes, 47. Fil Foden, 14. Niko, 42. Antuan Semeno, 7. Omar Marmush.
"Nyukasl": 32. Aaron Ramsdeyl (D), 2. Kiran Tripper (S), 12. Malik Tiav, 4. Sven Botman, 33. Den Bern, 3. Lyuis Xoll, 8. Sandro Tonali, 28. Jo Uillok, 41. Jeykob Remzi, 10. Entoni Gordon, 27. Nik Voltemade.
![]() | 29.01.2026 01:24 Ўқилди 12859 ECHL. "Barselona" – "Kopengagen". Kataloniyaliklar tezkor gol o'tkazishdi (onlayn hisob) |
![]() | 28.01.2026 19:48 Ўқилди 8058 Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lim o'tdi (to'liq taqvim) |
![]() | 01.02.2026 21:32 Ўқилди 6582 "Al Hilol" Benzemaning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi |
![]() | 29.01.2026 00:40 Ўқилди 6059 Lukas Paketaning "Flamengo"ga o'tishi rasman tasdiqlandi. Futbolchi unga qo'yilgan noto'g'ri ayblovlar oqibatida vataniga qaytishga qaror qildi |
![]() | 31.01.2026 01:08 Ўқилди 4730 "Paxtakor" yoshlari Qatar U-20 termasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi |
![]() | 28.01.2026 02:24 Ўқилди 4172 Iroq. Temirov gol urgan o'yinda "Arbil" durang o'ynadi |
![]() | 01.02.2026 01:08 Ўқилди 4171 APL. "Chelsi" o'z uyida 0:2ni 3:2ga aylantirib g'alabaga erishdi |
![]() | 04.02.2026 03:24 Ўқилди 3663 Leverkuzenliklar yarim finalda! |
![]() | 29.01.2026 03:40 Ўқилди 3601 ECHL. Keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalar nomi malum |
![]() | 05.02.2026 03:08 Ўқилди 3521 Angliya liga Kubogi. Abduqodir Husanov va "Manchester Siti" finalda! |
Реклама
Сайт хақида