Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" futbolchining transferi uchun 30-40 mln evro berishga tayyor.
Mark Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2022 yilda "Brayton"dan 65 mln evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi.