"Al Hilol" Franciya terma jamoasi himoyachisiga davogar
13.02.2026 21:00 Ўқилди: 619
Taniqli jurnalist Ekrem Konurning malum qilishicha, joriy mavsumni ijara asosida "Marsel"da o'tkazgan "Inter"ning 29 yoshli markaziy himoyachisi francuz klubini tark etib, Italiyaga qaytadi.
Xabar qilinishicha, "Marsel" ijara shartnomasida ko'rsatilgan 15 mln evrolik sotib olish bandini faollashtirmaslikka qaror qilgan. Shu bilan birga, yanvar oyida ham Pavar bilan bitim imzolashga urinib ko'rgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmagan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Qanot himoyachisining "Inter" bilan amaldagi bitimi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt bahosiga ko'ra, uning bozordagi narxi 20 mln evro. Benjamen joriy mavsum "Marsel" safida 26 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.