Vlaxovichga "Barselona", "Bavariya" va "Milan" qiziqish bildirmoqda
12.02.2026 01:00 Ўқилди: 1965
Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, Dushan Vlaxovich va "Yuventus" o'rtasidagi muzokaralar vaqtincha to'xtatilgan, biroq serbiyalik futbolchi boshqa hech qaysi klub bilan ham kelishuvga erishmagan.
Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirayotgan "Barselona" hujumchi bilan aloqaga chiqqan. Shuningdek, Vlahovich "Bavariya"ning ham diqqatini tortgan, ammo so'nggi muloqotlar oktyabr yoki noyabr oylarida qayd etilgan va hozircha rasmiy taklif bo'lmagan. "Milan" ham Dushanni nazoratda tutib turibdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi A Seriyada 13 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.