"Orzuim - "Real"ni boshqarish". Erik Shel Madrid tarixiga kirmoqchi
10.02.2026 00:48 Ўқилди: 557
Malilik mutaxassis jahonning eng grand klubida ishlash ishtiyoqida ekanligini yashirib o'tirmadi.
Shel nima dedi?
"Mening eng katta orzum — Madridning "Real" klubi tarixidagi ilk afrikalik bosh murabbiy bo'lish", — dedi Shel "The Touchline" nashriga bergan intervyusida.
Hozirda Tunis, Angola va Gabon kabi terma jamoalardan qiziqishlar bo'layotganiga qaramay, 48 yoshli murabbiy bor etiborini Nigeriya terma jamoasi bilan JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritishga qaratganini takidladi.
Madridda esa Arbeloa davri: Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso ketganidan so'ng, 2026 yilning 12 yanvarida Alvaro Arbeloa "qirollik klubi" boshqaruviga kelgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Turnir jadvalidagi holat: La Liganing 23-turidan so'ng Madrid klubi 57 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" bilan oradagi farq atigi 1 ochkoni tashkil etadi.
Nima deb o'ylaysiz, qachondir afrikalik mutaxassisni "Real" zaxira o'rindig'ida ko'rishimiz mumkinmi?