Ronaldu "Al Ittihod"ga qarshi o'ynashga tayyor bo'lgan
06.02.2026 23:08 Ўқилди: 289
41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati 21-turida "Al Ittihod"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. "A Bola" nashri xabariga ko'ra, Ronaldu ushbu bahsda o'ynashga tayyor bo'lgan. Biroq klub maoshlar borasidagi qarzlarini to'lamagani uchun portugaliyalik o'zining noroziligini davom ettirgan.
Mamlakat Suveren fondi (PIF)dagi holat hali ham o'zgarmagan: qishda klub transferlar amalga oshirmadi, klub ishchilari, futbolchilaridan qarzdor.
Klub barchadan qarzlarini bartaraf qilganidan keyin Krishtianu maydonga qaytishi mumkin.