- Sarridan boshlab, Anchelottida yakunlashimiz mumkin. Faoliyatingiz davomida ko'plab italyan murabbiylar bilan ishladingiz. - Bu to'g'ri, ularning qo'l ostida ko'plab o'yinlar o'tkazdim. Sarri bilan o'zgacha munosabatda edik: uning futbolga bo'lgan qarashi meniki bilan o'xshash. Biroq bazida uning ayrim mashg'ulotlari zerikarli ekanligini aytardim. Bu tanqid emas, ayrim paytlarda natija ham buni aks ettirardi. Konte bilan ham shunday holat bo'lgan: Antonio aqlbovar qilmas darajada ishladi, lekin biz doimo bir xil ishni to'xtovsiz qilaverardik.
- Siz bilan ishlagan eng yaxshi murabbiy kim? - U italiyalik emas, lekin uni juda yaxshi bilasiz: Mourinyu - suhbatlar qiroli. Uning fikrlashi va g'oyalarini futbolchilariga singdirishi meni lol qoldirgan, - dedi "Real" va "Chelsi" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi.
Azar va Mourinyu birgalikda "Chelsi"da ishlashgan. Futbolchi portugaliyalik qo'l ostida 2014/15 yilgi mavsumda APL chempioni bo'lgan.