Birinchi uchrashuvda "shaharliklar" 2:0 hisobida g'alaba qozonib, final sari katta qadam tashlashgan edi.
O'zbekistonlik futbol muxlislari uchun ushbu bahsning ahamiyati yuqori, boisi O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" asosiy tarkibida maydonga tushmoqda.