"Arbeloa - vaqtinchalik murabbiydek". "Real" kiyinish xonasidagi vaziyat malum bo'ldi
05.02.2026 00:32 Ўқилди: 1486
Taniqli jurnalist Anton Meananing "El Larguero" efirida malum qilishicha, futbolchilarning yangi ustoz Alvaro Arbeloaga bo'lgan munosabati biroz antiqa.
Kiyinish xonasidagi yangi muhit:
Futbolchilar Arbeloaga go'yoki vaqtinchalik murabbiy yoki "Kastilya" ustozidek qarashmoqda.
Arbeloa futbolchilar bilan juda yaqin va ochiq muloqotda bo'lmoqda, hatto bazilarga bu "haddan tashqari" bo'lib tuyulyapti.
Shunga qaramay, jamoadagi umumiy kayfiyat sezilarli darajada yaxshilangan. Klub rahbariyati Xabi Alonso davridagi kuchli bosim va keskinlikdan so'ng bu o'zgarishni to'g'ri deb hisoblamoqda.
Bahslar va tushunmovchiliklar: Muhit yaxshilanganiga qaramay, taktik qarorlar borasida futbolchilarda etirozlar yo'q emas. Masalan, Sebalosning Lissabondagi o'yinda maydonga tushmagani jamoani hayron qoldirgan. "Rayo Valekano" bilan bahsdan so'ng esa kiyinish xonasida murabbiy va o'yinchilar o'rtasida taktik kelishmovchiliklar sabab uzoq davom etgan keskin bahs bo'lib o'tgan.
"Futbolchilar Xabi Alonsoning qarorlari ichki ziddiyatlarga sabab bo'lganini yaxshi bilishadi. Hozir ular tarkib va almashtirishlarni ko'rib, rosa kulishmasa ham, har holda jilmayib qo'yishyapti", — deydi Meana.
Ko'rinishidan, Arbeloa jamoada tinchlikni tiklashga muvaffaq bo'lgan, biroq professional darajadagi taktik qarorlar hali ham ko'plab savollarni keltirib chiqarmoqda.