Ushbu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi etakchilari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi. Biroq 26-daqiqada Shomurodov almashtirildi.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, Eldor Shomurodov bahs paytida og'riq his qilgan va murabbiylar bilan kelishilgan xolda zaxiraga olingan. Ayni damda u o'zini yaxshi his qilmoqda va keyingi bahslarda ishtirok etish ehtimoli katta.