"Andijon" futbolchilarining sog'lig'i borasida malumot berildi
04.02.2026 22:40 Ўқилди: 135
Jamoa bosh shifokori Abdulvohid G'ulomov hamda Abdurahmon Komilovning ayni damdagi holati bo'yicha rasmiy malumot berdi.
Jarohat olgan futbolchilar shifoxonaga olib borilgan va kerakli tibbiy muolajalar o'tkazilgan. Hozirda ularning ahvoli quyidagicha:
Abdulvohid G'ulomov: Futbolchining o'ng qulog'i 1,5 santimetr atrofida yirtilgan va shu sabab jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan. LOR tavsiyasi bilan kompyuter tomografiyasidan o'tkazilgan bo'lib, hozirda ahvoli qoniqarli va davolanish reja asosida davom etmoqda.
Abdurahmon Komilov: Unga bosh miyaning yopiq jarohati va o'rta darajadagi bosh miya chayqalishi tashxisi qo'yilgan. Nevropatolog tavsiyasi bilan KT qilingan. Abdurahmonning ham holati hozirda qoniqarli.
Ikki futbolchiga ham shifoxonadan ruxsat berilgan va ular ayni damda jamoa shifokorlari nazoratida bo'lib turishibdi. Ular tez orada safga qaytishi kutilmoqda.