
Bugun ushbu maqolaning davomini elon qilamiz.
"Surxon" - Anvar G'ofurov
O'tgan yili "Bunyodkor"ning asosiy va U-19 jamoalarini boshqargan Anvar G'ofurov bu mavsumda "Surxon"ga qaytdi. Aslida u 2023 yil ham termizliklarning o'rinbosarlar jamoasida ishlagan edi. G'ofurov o'zi uchun begona bo'lmagan joyga keldi deb ayta olamiz. Ushbu murabbiy boshchiligida "Bunyodkor" U-19 jamoasi chempionatda finalgacha etib keldi, yakunda "Paxtakor" bilan o'yinda biroz omad etishmadi. Hozircha Anvar G'ofurov shogirdlari U-21 chempionatida yaxshi ketishmoqda.

"Dinamo" - Andrey Pyatnickiy
Uzoq yil Rossiya klublarida, futbol akademiyalarida faoliyat olib borgan Andrey Pyatnickiy 2024 yilda Abramov taklifiga binoan "Dinamo"ga keldi. Unga klub o'rinbosarlari ishonib topshirildi. Samarqandlik yoshlar o'tgan mavsum U-21 chempionatida oltin medallar uchun kurash olib borishdi va yakunda bronza medallari nasib qildi. Bu mavsumda ham ular dadil qadam tashlashmoqda va hali mag'lubiyatga uchrashgani yo'q. Jamoa 11 ochko jamg'argan holda to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.

"Andijon" - Abdurashid Ismoilov
Klubning asosiy tarkibdan keyingi o'rinda turadigan o'rinbosarlarini 54 yoshli tajribali murabbiy Abdurashid Ismoilov zimmasiga olgan. Murabbiylik faoliyatini 1997 yilda boshlagan mutaxassis shu vaqtgacha "UzDongJu", "Andijon" bosh jamoasi katta murabbiyi, o'rinbosarlar murabbiyi, "Andijon SGS" sport direktori lavozimlarida faoliyat olb borgan. Abdurashid Ismoilov o'tgan yili mavsum boshida klubga qaytdi va U-21 jamoasini boshqarishga kirishdi.

"So'g'diyona" - Elbek Imomnazarov
Avvalgi yillarda "So'g'diyona" murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Ulug'bek Boqiev bosh jamoa bilan birgalikda o'rinbosarlarda ham ishlayotgan edi. Bu yildan esa klubning U-21 jamoasiga mahalliy murabbiy Elbek Imomnazarov taklif qilindi.

"Sho'rtan" - Akmal Saitqulov
Akmal Saitqulov "Sho'rtan"da turli yosh toifasidagi jamoalardagi faoliyatidan yaxshi bilamiz. Orada malum vaqt Asror Aliqulovga bosh jamoada yaqindan yordam berdi. Uzoq tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan g'uzorliklar U-21 jamoasini Akmal Saitqulovga ishonib topshirishdi.

"Mashal" - Otabek Narzullaev
Sobiq to'p tepar Otabek Narzullaev bir necha yillardan buyon "Mashal" tizimida murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. O'tgan yili u klubning U-19 jamoasi bilan turnir jadvalida to'rtinchi bo'ldi va chorak final bahslarida "Olimpik" U-19 jamoasiga engildi. Bu yil esa muborakliklarning o'rinbosarlar jamoasida mehnat qilmoqda.

"Qizilqum" - Akmal Rustamov
Akmal Rustamovni futbolchilik faoliyatidan yaxshi bilamiz. Mudofaa chizig'i vakili bo'lgan futbolchi butsalarini mixga ilganidan so'ng o'zi uchun qadrdon klubda qoldi. So'nggi mavsumlarda sobiq o'yinchi "Qizilqum" o'rinbosarlariga murabbiylik qilmoqda. O'tgan mavsumda Rustamov shogirdlari U-21 chempionatini to'rtinchi o'rinda yakunlashdi. Ammo joriy mavsumda jamoa hali g'alaba qozonganicha yo'q, 1 durang, 3 mag'lubiyat.

"Xorazm" - Mamurjon Xojiev
2024 yilda U-19 jamoasiga masul bo'lgan Mamurxon Xojiev bu mavsumda "Xorazm" o'rinbosarlar boshqaruvini qo'lga oldi. Jamoa mahalliy yoshlardan shakllantirilgan, murabbiy ham xorazmlik hisoblanadi. Ushbu murabbiy avvalroq "Xorazm" futbol akademiyasida yoshlarga futbol sir-asrorlarini o'rgatgan.

![]() | 04.03.2026 01:00 Ўқилди 4737 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 07.03.2026 03:00 Ўқилди 4122 LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi |
![]() | 04.03.2026 01:56 Ўқилди 3941 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 08.03.2026 00:56 Ўқилди 3143 Angliya kubogi. "Nyukasl" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 05.03.2026 00:24 Ўқилди 2926 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 05.03.2026 03:24 Ўқилди 2728 APL. MYU bir taym o'n kishi bo'lib o'ynagan "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 01.03.2026 21:32 Ўқилди 2690 APL. "Arsenal" - "Chelsi" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 27.02.2026 02:16 Ўқилди 2612 Daniel Farke: "Gvardiola hammadan bir qadam oldinda" |
![]() | 05.03.2026 01:08 Ўқилди 2349 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 04.03.2026 03:16 Ўқилди 2180 Italiya kubogi. "Komo" va "Inter" o'rtasidagi yarim finalning ilk o'yinida hisob ochilmadi |
Реклама
Сайт хақида