"Arsenal" "Chelsi"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi
04.02.2026 03:16 Ўқилди: 65
"Emireyts" stadionida kechgan javob bahsida ham "kanonirlar" 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Eslatib o'tamiz, dastlabki uchrashuvda ham "Arsenal"ning qo'li baland kelgan edi — 3:2.
O'yin tafsilotlari:
Uchrashuv taqdirini 90+7-daqiqada Kay Xaverc tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Germaniyalik futbolchi o'z sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilib, "ko'klar"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Endi "Arsenal" 22 mart kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadigan finalda "Manchester Siti" — "Nyukasl" juftligi g'olibi bilan bahs olib boradi.
Malumot uchun, Angliya liga Kubogining amaldagi sohibi "Nyukasl" hisoblanadi. "Qarg'alar" o'tgan yili finalda "Liverpul"ni mag'lub etib, o'z tarixlarida ilk bor ushbu sovringa ega chiqishgan edi.
Match-senterda ochish
Angliya Liga kubogi. Yarim final, javob o'yini
"Arsenal" — "Chelsi" (Birinchi o'yin — 3:2)
"Arsenal": 13. Kepa Arrisabalaga (D), 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel, 5. Pero Inkape, 12. Yurrien Timber, 41. Deklan Rays, 36. Martin Subimendi, 10. Eberechi Eze, 20. Noni Madueke, 11. Gabriel Martinelli, 14. Viktor Dyokeresh.