20-daqiqada yarim himoyachi Adrien Raboning uzatmasidan so'ng angliyalik Ruben Loftus-Chik hisobni ochdi.
39-daqiqada Kristofer Nkunku o'zi ishlagan penaltini bexato amalga oshirib, oradagi farqni oshirdi.
Ikkinchi bo'lim boshida (48-daqiqa) Rabo o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng Massimiliano Allegri shogirdlari ochkolarini 50 taga etkazib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni mustahkamlab olishdi. Ayni damda "rossonerilar" peshqadam "Inter"dan 5 ochkoga ortda qolishmoqda. 30 ochkoga ega "Bolonya" esa 10-o'rinda qoldi.