Liam Rosenor: "Chelsi" futbolchilari haqida yomon fikr bildira olmayman"
31.01.2026 10:48 Ўқилди: 1085
"Futbolchilar bilan ishlash yoqimli. Ular jarayonga chindan ham jalb qilingan, biz birga qilayotgan ishimizga ishonishyapti. Ammo menimcha, murabbiy sifatida o'z g'oyangni jamoaga to'liq etkazishda g'alabalar juda muhim. Shuning uchun biz har bir o'yinda imkoniyat boricha g'alaba qozonish uchun harakat qilishimiz kerak.
Hozircha jamoa haqida salbiy gap ayta olmayman. Ular yosh, iqtidorli, istedodli, eng muhimi — o'rganishni va rivojlanishni xohlashadi. Bu esa juda yaxshi belgi. Men har bir futbolchini yaxshiroq tanib olishim, nima ularni ruhlantirishini tushunishim kerak. Har bir o'yinchi — alohida shaxs, inson sifatida o'z xarakteri, ehtiyoji bor. Ayrimlarga ko'proq etibor kerak, boshqalarini esa ortiqcha bezovta qilmagan maqul. Men har bir futbolchidan maksimum foyda olishim shart", — deya Rosenorning so'zlarini keltiradi klubning rasmiy sayti.
Ayni paytda "aristokratlar" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 37 ochko bilan beshinchi o'rinni egallab turibdi.