
Demak, etiboringizni uik-endning eng muhim uchrashuvlariga qaratamiz!
"Arsenal" — "Manchester Yunayted"
Angliyada 23-turning markaziy bahsida "Arsenal" va "Manchester Yunayted" o'zaro kuch sinashadi. "Kanonirlar" 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni unvonini qo'lga kiritishlari mumkin. Asosiy raqobatchilar — "Manchester Siti" va "Liverpul"da — mavsum ancha og'ir kechmoqda, "Arsenal"ga ham so'nggi paytlarda stabillik pand berayotgandek. Mazkur bellashuv chempionlik masalasida intrigani keskin oshirib berishi yoki "Arsenal"ni sovrin tomon yo'lini sezilarli darajada ochib beradi.

"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan o'tgan turda kutilmagan natija sovg'a qila oldi — derbida "Manchester Siti" mag'lub etildi (2:0). "Qizil iblislar" yana barchani hayron qoldirishning uddasidan chiqa olarmikan? O'yin 25 yanvar oqshomida bo'lib o'tadi. "Arsenal" 50 ochko bilan etakchi, "Manchester Yunayted" esa 35 ochko bilan hozircha beshinchi o'rinda bormoqda.
"Roma" — "Milan"
Italiyada bir yo'la ikkita afishabop o'yin bizni kutib turibdi. Ulardan biri — Rim va Milan to'qnashuvi. Chempionatda skudetto uchun kurashning asosiy qismi hali oldinda. «Roma» va «Milan» o'yini esa mana shu kurashda muhim faktorlardan biri bo'lishi mumkin.

Mazkur o'yin ham 25 yanvar sanasida, aniqrog'i 26-ga o'tar kechasi 00:45da boshlanadi. "Milan" chempionatda etakchi "Inter"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda. Rimliklar esa 4-o'rinda va Milan shahri jamoalaridan 7 hamda 4 ochkoga ortda qolmoqda.
"Yuventus" — "Napoli"
Turning ikkinchi etiborga loyiq bahsida "Yuventus" va "Napoli" ro'baro' keladi. Neapolliklar 9-o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyada ketmoqda va jadvalda uchinchi o'ringa chiqib oldi. "Yuventus" ham yaxshi sport formasida — "keksa sinora" barcha musobaqalardagi oxirgi 9 o'yinda bor yo'g'i 1 marta mag'lubiyat alamini totishga majbur bo'ldi. Chempionatda klub 5-pog'onani band etib turibdi, "Napoli" bilan farq 4 ochko.
"Real" — "Vilyarreal"
Ispaniyada ham sovrin uchun kurash hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda. O'tgan turda "Barselona" imkoniyatni boy berdi va oradagi farq ancha qisqardi. Madridning "Real" klubi azaliy raqibidan atigi 1 ochkoga ortda qolmoqda. 25 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Vilyarreal"ga qarshi bahs juda ahamiyatli ekanligini madridliklar ustozi Alvaro Arbeloa ham takidladi. "Qaymoqranglilar" Xabi Alonso istefosidan keyin asta-sekin o'ziga kelayotgandek.

«Vilyarreal» chempionat g'olibligi uchun kurashda soyadagi qahramon bo'lishi mumkin. Klub uchinchi o'rinni egallab turibdi, madridlilkar bilan farq 7 ochko, "Barsa" bilan esa — 8, o'z navbatida Marselino jamoasi zaxirasida bitta o'yin bor.
"Marsel" — "Lans"
"Lans" Franciya chempionatida qatorasiga 8 bor g'alaba qozondi va 43 ochko bilan etakchilik qilmoqda. PSJ bir ochko orqada. "Marsel" hisobida 35 ochko bor va jamoa 3-o'rinni egallab turibdi.

Birinchi davrada "Lans" 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Chempionat etakchisi joriy mavsum eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa sanaladi (13), "Marsel" esa aksincha, eng ko'p gol urgan klub (41 ta gol).
![]() | 17.01.2026 18:08 Ўқилди 6067 "Istanbul Bashakshexir" - "Fatih Karagyumryuk" |
![]() | 21.01.2026 01:24 Ўқилди 3499 ECHL. "Tottenxem" – "Borussiya D", "Sporting" – PSJ va boshqa uchrashuvlar davom etmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 17.01.2026 17:48 Ўқилди 3368 U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 19.01.2026 00:16 Ўқилди 2767 APL. "Aston Villa" o'z uyida "Everton"ga mag'lub bo'ldi va ikkinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatini boy berdi |
![]() | 24.01.2026 03:00 Ўқилди 2717 Mundial tarixi. Omadli turklar, 64 soat uchgan koreyslar, qo'zg'olon boshlagan mag'lubiyat hamda doping qabul qilgan chempion haqida hikoya qilamiz |
![]() | 17.01.2026 16:33 Ўқилди 2654 Trampning siyosiy rejalari sabab Germaniya JCHni boykot qilishi mumkin |
![]() | 15.01.2026 01:24 Ўқилди 2389 Kroos "Barselona" haqida: "Ular hech qanday xalqaro sovrin yuta olishmaydi" |
![]() | 20.01.2026 02:40 Ўқилди 2338 Kilian Mbappe: "Bellingem yaxshi formada bo'lsa, dunyoning eng zo'ri. Muxlislar esa faqat bir kishini ayblamasliklari kerak" |
![]() | 22.01.2026 03:24 Ўқилди 2327 ECHL. "Liverpul" "Marsel"ni mag'lubiyatga uchratdi. "Yuventus" "Benfika"dan ustun keldi va boshqa natijalar |
![]() | 21.01.2026 00:48 Ўқилди 2193 ECHL. "Budyo Glimt" o'z uyida "Manchester Siti"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Husanov to'liq o'ynadi |
Реклама
Сайт хақида