Kroos "Barselona" haqida: "Ular hech qanday xalqaro sovrin yuta olishmaydi"
15.01.2026 01:24 Ўқилди: 2389
"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos va uning ukasi Feliks Ispaniya Superkubogi finalida "qaymoqranglilar" ustidan erishilgan g'alabadan (3:2) so'ng "Barselona" haqida fikr bildirdilar.
"Ular hali ham Ispaniya Superkubogidan juda xursand, ammo endi "Barselona"ni Chempionlar Ligasida eng kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar kutmoqda," - dedi Feliks aka-ukalar podkastida.
"Ular hech qanday xalqaro sovrinni qo'lga kiritolmaydi. Har holda, men shunday deb o'ylayman," - deya javob berdi Toni Kroos.