
Umuman olganda, nafaqat Bekobod, balki boshqa ko'pgina klublar tarixi bilan bog'liq internetdagi malumotlar uchun bir Instagram relsiga teng vaqt sarflash etarli. Moziy xususida qo'shimcha fakt qidirish orqali esa mutlaqo boshqa yangiliklarga ko'z tushib qoladi, shunda xotira boyliginingiz uchun beixtiyor Arximedning qichqirig'ini takrorlashiningiz mumkin.
Sarlavha ham siz uchun yangi ko'chib kelgan qo'shningizning qovog'i solingan kuchugi kabi notanish va g'alati ko'ringan bo'lishi mumkin. Tarixni titkilash ortidan daqqiyunusdan qolgan qolgan vikipediya orqali shu so'z qarshimdan chiqib qoldi.
Bu so'zning daxli yo'q desa ham bo'ladi. Qadimda teridan tayyorlangan qog'oz nihoyatda qimmatbaho bo'lgani sababli, uning yuzasidan eski matn o'chirilib, ustiga yangi matn yozilishi shunday atama kelib chiqishiga sabab bo'lgan.
Bu bilan "Metallurg" tarixiga o'chirg'ich bosh qo'ygan degan fikrdan yiroqman. Aksincha, uning asosi "restart" qilinib, yangi tarix bitishga shaylanmoqda.
Atamadan yana bir mano topdim o'zimcha. bobolarimiz borsa-kelmasga safarbaor qilingan qirg'in yakunlangan yil tashkil topgan va 1994 yildan beri "Metallurg" deya atala boshlagan klub mazkur nom ostida faoliyat yuritayotgan birinchi jamoa emas ekan. Bu tarixiy jamoa uzoqda emas, qo'shni Olmaliqda tuzilgan.
O'tgan asrning 60-yillarida tashkil topgan Olmaliqning "Metallurg"i SSSRning ikkinchi ligasida o'sha vaqtda "Cementchi" deb atalgan bekobodliklarning ashaddiy mintaqaviy raqibi hisoblangan. "Metallurg" haqidagi oxirgi malumotni 2009 yilgi O'zbekiston Ikkinchi ligasidagi ishtirokidan topdim. Undan keyin klub yopilgan.
Demak, birinchi "Metallurg" Bekobodda emas, Olmaliqda tashkil topgan ekan. Ehtimol, ko'pchilik bu faktni karra jadvali kabi yoddan bilan. Malumot o'rnida aytdim-qo'ydim.
"Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan hozirgi "Bunyodkor"ning ham bobonomidan avvallari ko'pgina jamoalar foydalanishgan. Bazilari ruscha "Stroitel"dan foydalangan (o'tgan asrning 70-yillarida "Dinamo", Zarafshondagi futzal jamoasi), ayrimlari "Binokor" ("Buxoro", MHSK), shuningdek, "Quruvchi" nomining o'zidan "Xorazm" 1991–1992 yillarda foydalangan.
Xullas, oxirgi marta 36 yil muqaddam kubok sohibi bo'lgan (havaskor jamoalar o'rtasidagi O'zbekiston SSR kubogi) bekobodliklarning palimpsestiga o'chmas bitiklar yozilishiga tilakdoshman.
"Metallurg" o'z nomini doimgidek devorga ilingan jadvalning o'rtalig'idan emas, bo'ynimizni og'ritib, yuqoriroqdan qidirishga majbur qiladi, degan umiddaman.
Oqil Abdubarnoev
![]() | 17.01.2026 18:08 Ўқилди 6067 "Istanbul Bashakshexir" - "Fatih Karagyumryuk" |
![]() | 21.01.2026 01:24 Ўқилди 3499 ECHL. "Tottenxem" – "Borussiya D", "Sporting" – PSJ va boshqa uchrashuvlar davom etmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 17.01.2026 17:48 Ўқилди 3368 U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 19.01.2026 00:16 Ўқилди 2767 APL. "Aston Villa" o'z uyida "Everton"ga mag'lub bo'ldi va ikkinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatini boy berdi |
![]() | 24.01.2026 03:00 Ўқилди 2717 Mundial tarixi. Omadli turklar, 64 soat uchgan koreyslar, qo'zg'olon boshlagan mag'lubiyat hamda doping qabul qilgan chempion haqida hikoya qilamiz |
![]() | 17.01.2026 16:33 Ўқилди 2654 Trampning siyosiy rejalari sabab Germaniya JCHni boykot qilishi mumkin |
![]() | 15.01.2026 01:24 Ўқилди 2389 Kroos "Barselona" haqida: "Ular hech qanday xalqaro sovrin yuta olishmaydi" |
![]() | 20.01.2026 02:40 Ўқилди 2338 Kilian Mbappe: "Bellingem yaxshi formada bo'lsa, dunyoning eng zo'ri. Muxlislar esa faqat bir kishini ayblamasliklari kerak" |
![]() | 22.01.2026 03:24 Ўқилди 2327 ECHL. "Liverpul" "Marsel"ni mag'lubiyatga uchratdi. "Yuventus" "Benfika"dan ustun keldi va boshqa natijalar |
![]() | 21.01.2026 00:48 Ўқилди 2193 ECHL. "Budyo Glimt" o'z uyida "Manchester Siti"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Husanov to'liq o'ynadi |
Реклама
Сайт хақида