OKMK Polsha grandiga qarshi: O'ktamovning goli kamlik qildi
24.01.2026 15:16 Ўқилди: 256
Evropa maydonlarida doimiy ishtirokchi hisoblangan "Lex" jamoasiga qarshi bahs olmaliqliklar uchun katta tajriba bo'ldi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida «"Lex" futbolchilari faollik ko'rsatishdi. Jumladan, 8-daqiqadayoq Praysnar hisobni ochgan bo'lsa, bo'lim yakunida Ismael hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda Mirjalol Qosimov tarkibni deyarli to'liq yangiladi. O'yin yakunlanishi arafasida Akbar O'ktamov (85-daqiqa) bitta javob to'pini kiritib, farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
Nazorat uchrashuvi
OKMK (O'zbekiston) — "Lex" (Polsha) 1:2
Gollar: Akbar O'ktamov (85) — Praysnar (8), Ismael (42).