Arbeloa Trentga "ketish"ni maslahat bergani rostmi?
24.01.2026 13:16 Ўқилди: 526
Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, ayrim ingliz nashrlari tarqatgan "murabbiy va futbolchi o'rtasida suhbat bo'lgani va Arbeloa Trentga unga ishonmasligini aytgani" haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Aksincha, ispaniyalik mutaxassis futbolchi bilan muloqotda bo'lib, unga o'z daldasini bildirgan. Klub rahbariyati hali ham 27 yoshli himoyachini jamoaning uzoq yillik rejalaridagi muhim bo'lak deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, Aleksander-Arnold o'tgan yozda "qirollik klubi" safiga kelib qo'shilgan edi. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali Trentni 70 million evroga baholamoqda.