"Galatasaroy" va "Atletiko" "Barselona" futbolchisiga xaridor, biroq...
24.01.2026 11:48 Ўқилди: 677
Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik iqtidor egasi uchun kurashda Madridning "Atletiko" jamoasi ham bor. Biroq Kasado Turkiya grandining taklifiga allaqachon "yo'q" deb javob bergan. Futbolchi qishki transfer oynasida "ko'k-anorranglilar" lagerini tark etish niyatida emas. Qayd etish joizki, uning shartnomasida 100 million evro miqdoridagi tovon puli belgilab qo'yilgan.
Joriy mavsumda Kasado barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.