OKMKning BAAdagi yig'iniga gruziyalik hujumchi kelib qo'shildi
24.01.2026 10:16 Ўқилди: 733
Kecha olmaliqliklar mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Janubiy Koreyaning "Ulsan" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda OKMK 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsda "konchilar" safida gruziyalik hujumchi David Sxirtladze ham to'p tepdi va gol urdi.
32 yoshli forvard Gruziyaning "Gareji" jamoasidan taklif qilindi. Futbolchining transfer qiymati 75 ming evroga baholangan.