Skoulz "Manchester Yunayted" himoyachisidan uzr so'rashdan bosh tortdi
24.01.2026 09:40 Ўқилди: 730
Avvalroq u argentinalik futbolchining past bo'yi sababli himoyadagi o'yinini tanqid qilgan edi.
"Ortga nazar tashlasak, aytgan gaplarimiz unchalik to'g'ri bo'lmaganini aytish mumkin. Lekin men uzr so'ramoqchi emasman. Men Martines bilan Xoland o'rtasidagi jismoniy nomutanosiblikka etibor qaratmoqchi edim. Balki bu qanday ifoda etilgani unchalik yaxshi ko'rinmagandir. Ammo bo'lgan ish bo'ldi. U bitta yaxshi o'yin o'tkazdi. Umid qilaman, u meni nohaq ekanimni isbotlaydi. Men jamoaning har hafta g'alaba qozonishini istayman. Hozir har qachongidan ham ko'proq odamlar o'z fikrini bildiryapti va bunga chidashingizga to'g'ri keladi. Siz dunyodagi eng yirik klublardan biri safida o'ynaysiz va, ayniqsa ishlar kutilgandek ketmayotgan paytda, muayyan tanqidlarga duch kelasiz", — deydi Skoulz.
Avvalroq Skoulz argentinalik himoyachining bo'yini (175 sm) masxara qilgani va APLning 22-turi doirasidagi o'yinda "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland uni havodagi kurashda osonlikcha mag'lub etishini takidlagani haqida xabar berilgan edi. O'sha uchrashuv "Manchester Yunayted"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.