Erjan Tokotaev faoliyatini Qirg'izistonda davom ettiradi
24.01.2026 07:48 Ўқилди: 470
O'tgan mavsumni "Andijon" tarkibida o'tkazgan Erjan Tokotaev Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o'tishi kutilgandi. Lekin u sog'lig'idagi muammolar sabab tibbiy ko'rikdan o'ta olmagandi. Endilikda posbon Bishkekning "Alga" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
25 yoshli posbon o'tgan mavsum andijonliklar safida 16 o'yinda qatnashib, 22 ta gol o'tkazdi va 6 o'yinda darvozani "quruq" saqladi.