"Barsa" va "Yuve" qiziqqan APL klubi himoyachisini "Chelsi" sotib olmoqchi
20.01.2026 20:32 Ўқилди: 748
"Chelsi" "Bornmut"ning 28 yoshli markaziy himoyachisi Markos Senesini o'zining potencial transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritdi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manba malumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchi yozda muddati tugaydigan "Bornmut" bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha bir nechta takliflarni rad etgan. Shunday bo'lsa-da, "giloslar" joriy oyda Senesini sotish bo'yicha barcha takliflarni rad etishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda "Bornmut" himoyachisi barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.
Avvalroq, futbolchiga "Yuventus" va "Barselona" klublari qiziqayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.