
- Keling, eng so'nggi mavzudan boshlaylik: Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay sizni qaysi jihatdan tashvishga solmoqda?
- Hali vaqt bor va biz raqiblarimiz haqida malumot to'plash bosqichidamiz. Lekin maqsadimiz faqat guruh bosqichidan o'tish emas, bosqichma-bosqich yurib finalga chiqishimiz lozim. Bu esa eng kuchli raqiblar bilan to'qnashishimizni anglatadi.
Nisbatan oson guruhga tushish shunchaki jiddiyroq o'yinlar uchun yo'l ochadi. Ammo Saudiya Arabistoni so'nggi jahon chempionatida Argentinani mag'lub etganini va Urugvay futbol tarixining ajralmas qismi ekanligini eslatib o'tmoqchiman. Menimcha, maqsad birinchi o'rinni egallash, chunki har qanday xato Mayamining issiq va nam iqlimida birinchi bosqichda Argentinaga qarshi o'yinga olib kelishi mumkin. Asosiy rejamiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish, ammo pley-offda juftliklar qanday bo'lishini oldindan aytish qiyin. Biroq men bu haqda bosh qotirmayapman; finalga chiqish uchun dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi bir nechta juda murakkab o'yinlar o'tkazishimiz kerakligini bilaman. Har holda, Argentinaga o'xshagan jamoaga qarshi kuchimizni sinab ko'ramiz. Buning sababi, Belsa Urugvay terma jamoasini boshqarayotgani. Urugvay terma jamoasi juda raqobatbardosh va unda ajoyib futbolchilar o'ynaydi. Jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda. Men Belsaning muxlisiman.
- Finalissimada Ispaniyaning navbatdagi raqibi Argentina bo'ladi. Bu o'yin terma jamoaning jahon chempionati arafasidagi shaklini ko'rsata oladimi?
- Xo'sh, men bu o'yinda ishtirok etishni xohlayman, chunki u Evropa va Janubiy Amerika chempionlari o'rtasidagi uchrashuvdir, shuningdek, Argentinadek raqibga qarshi o'ynashni istayman. Har ikki jamoaning salohiyatini sinovdan o'tkazishdan tashqari, meni ko'proq yana bir finalda qatnashish va yangi unvonni qo'lga kiritish imkoniyati qiziqtiradi.
- Messi hamon qo'rqishga arziydimi yoki u avvalgidek emas?
- Messi faoliyatini yakunlamasligi kerak bo'lgan futbolchilardan biri. Xuddi Krishtianu Ronaldu singari. Ular ajoyib.
Messi finalda yoki jahon chempionatida qanday shaklda bo'lishidan qati nazar, u birgina detal bilan o'yinni o'zgartira oladigan futbolchilardan biri. Shuning uchun men Leoning karerasi va kelajagiga to'liq hurmat va hayrat bildiraman," - dedi de la Fuente.
![]() | 30.12.2025 11:08 Ўқилди 21578 Bugun Qatarga qarshi o'ynaymiz |
![]() | 01.01.2026 00:56 Ўқилди 15995 Prezident qarori bilan Kattaqo'rg'on shahrida futbol akademiyasi quriladi |
![]() | 31.12.2025 22:16 Ўқилди 11064 "Chelsi" yaqin kelajakda natijalar yaxshilanmasa, Mareskani istefoga chiqarishi mumkin |
![]() | 26.12.2025 00:32 Ўқилди 9848 "Real" yozda Pasni "Komo"dan 9 mln evroga sotib olishga qaror qildi. Niko qayta sotilmaydi |
![]() | 31.12.2025 23:24 Ўқилди 7836 "Barselona", "Inter" va "Borussiya" "Xayduk"ning 18 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda |
![]() | 25.12.2025 02:05 Ўқилди 7083 U-21 terma jamoamiz Dohada Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda |
![]() | 31.12.2025 23:48 Ўқилди 6243 Luis de la Fuente: "Messi va Ronaldu faoliyatini yakunlamasliklari kerak" |
![]() | 31.12.2025 10:40 Ўқилди 5919 APLning so'nggi o'rnidagi jamoani mag'lub etolmagan Amorim nimalar dedi? |
![]() | 30.12.2025 02:56 Ўқилди 5839 A Seriya. "Roma" g'alabaga erishdi va to'rtinchi o'ringa ko'tarildi |
Реклама
Сайт хақида