"Qizilqum" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
22.12.2025 01:16 Ўқилди: 6879
"Samandar Shukrullaev bilan shartnoma uzaytirildi!
O'tgan yili jamoa tarkibida to'p tepib navoiylik muxlislar ishonchini qozongan futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish davom etmoqda.
Bugun sirdaryolik markaziy himoyachi Samandar Shukrullaev bilan amaldagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Eslatib o'tamiz Samandar yakunlangan mavsumda klub libosida umumiy hisobda 27 ta bahsda maydonga tushib 2 231 daqiqa harakat qilgan.
Yangi mavsumda Samandarga jamoamizdagi faoliyatiga omadli va zafarli onlarni tilab qolamiz!", — deyiladi klub xabarida.