Argentinalik vinger Lionel Messi "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirida yakuniga yetadi. Ammo "Inter Mayami" rahbariyati argentinalik futbolchi bilan hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi jamoaga 2023 yil yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.