Jamoa bosh murabbiyi Enco Mareska BBC'ga bergan intervyusida hujumchining jarohati jiddiyligini malum qildi.
"Afsuski, u oldin ham jarohat tufayli ikki oyni o'tkazib yuborgandi va endi yana safdan chiqdi. Qancha vaqt bizga yordam berolmasligini hali bilmaymiz, lekin u elkasidan jiddiy jarohat orttirib oldi. U omadsiz. Biz ham biroz omadsizmiz, chunki bizga u kabi to'qqizlik futbolchi juda zarur", – dedi Mareska.
Bu Delapning ushbu mavsumdagi ikkinchi jarohati — u tizzaosti payi jarohati tufayli uzoq vaqt o'ynolmagandi.
Shuni takidlash kerakki, Liam 2025 yilning yozida "Ipsvich"dan 40 million evro evaziga xarid qilingandi. 22 yoshli hujumchi jami 11 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.